Don yetishtirish va uni qayta ishlash jarayoni butun bir tarmoq tizimi sifatida 3 asr mobaynida davom etib kelmoqda...
Un — don mahsuloti bo’lib, donni maydalab olinadi. Unni tayyorlash uchun bug’doy, javdar va tritikal donlari ishlatiladi...
Yormabop donlarni ustki gul va urug’ qobiqlaridan ajratib olinadi. Bu mahsulotlar oqsil va kimyoviy moddalarga boy bo’ladi...
“G’alla-Alteg” AJ tarixi 1909-yildan boshlanadi. U davrda ushbu korxona butun O’rta Osiyodagi mexanizatsiyalashtirilgan, aka-uka Krichiginlar tomonidan asos solingan yagona tegirmon edi. Tegirmonning dastlabki ishlab chiqarish va yordamchi quvvati 60 tonna donni sutkasiga qayta ishlardi. Bu paytda asosan qo’l mehnati orqali (un tashish, qoplarni tikish) ishlar amalga oshirilgan. Tegirmonda qo’shimcha va yordamchi xizmatlar yo’lga qo’yilmagan, tayyor mahsulotlar ko’chalarda saqlanar, qoplar ishchi kuchi va aravalar yordamida tashilardi. Keyinchalik Oktabr revolyutsiyasidan keyin tegirmon davlat korxonasiga aylantirilib, ishchilar qo’liga o’tdi. 1925-yilda tegirmon qayta ta’mirlanib, ishlab chiqarish quvvati sutkasiga 220 tonnagacha yetdi.