Izlash

Biz haqimizda

"G'alla-Alteg" AJ tarixi

“G’alla-Alteg”  AJ  tarixi 1909-yildan boshlanadi. U davrda ushbu korxona butun O’rta Osiyodagi mexanizatsiyalashtirilgan, aka-uka Krichiginlar tomonidan asos solingan yagona tegirmon edi. Tegirmonning dastlabki ishlab chiqarish va yordamchi  quvvati 60 tonna donni sutkasiga qayta ishlardi. Bu paytda asosan qo’l mehnati orqali (un tashish, qoplarni tikish) ishlar amalga oshirilgan. Tegirmonda qo’shimcha va  yordamchi xizmatlar yo’lga qo’yilmagan, tayyor mahsulotlar ko’chalarda saqlanar, qoplar ishchi kuchi va aravalar yordamida tashilardi.

Keyinchalik Oktabr revolyutsiyasidan keyin tegirmon davlat korxonasiga aylantirilib, ishchilar qo’liga o’tdi. 1925-yilda tegirmon qayta ta’mirlanib, ishlab chiqarish quvvati sutkasiga 220 tonnagacha yetdi. 1937-yilda tegirmonda tayyor mahsulot ombori qurildi, yangi texnologik uskunalar o’rnatilib, ishlab chiqarish quvvati 324 tonnagacha yetdi. 1941-yilgacha don tegirmonga (гужевой) transport orqali ortilardi, shu yili hajmi 600 tonnali don ombori qurib bitkazildi. 1959-yilda don tozalash bo’limi qayta ta’mirlanib, pnevmotransportga o’tkazildi. 1967-yilda Respublikada birinchi bo’lib unni qopsiz saqlash va chiqarish yo’lga qo’yilgan.

Hajmi 12.0 ming tonnali 6 qavatli unni qopsiz saqlash sexi qurildi. Tegirmonda unni sexga tashish havo transport (волокуша) orqali yo’lga qo’yildi. 1972-yilda hajmi 27.0 ming tonna bo’lgan elevator qurilib, ishchi bino 7 qavatdan iborat bo’lib, temir betondan ishlangan, avtomatizatsiyalangan, 3 korpusdan tashkil topgan.

Aholining unga bo’lgan talabi oshganligi sababli tegirmon 1976 – 1977-yillarda qayta ta’mirlandi. 1980-yilga kelib un tortish bo’limiga ishlab chiqarish quvvati 150 tonna bo’lgan 3 sektsiya ishga tushirildi. Shuningdek, korxona qayta ta’mirlandi. 

1984-yilda tegirmondagi ZRM rusumli elaklar ZRSh ga, sovurish-elash uskunalari BSO ga almashtirildi.

1982-yildan boshlab makaron unini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi, shuningdek hajmi 460 tonnaga teng bo’lgan metall bunkerlar qurib bitkazildi.

1989-yilda mahsulotlarni qadoqlash sexi qayta ta’mirlanib, A5-AFL, A5-BUA rusumli avtomatlashtirilgan qadoqlash uskunalari o’rnatildi.

1995-yil oktabr oyidan boshlab korxona “Odil – Don” deb nomlandi. 1998-yil yanvar oyidan esa “G’alla – Alteg” OAJ ga o’zgartirildi. 2002-yil noyabr oyida omixta-yem sexi ishga tushirildi. O’zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi 2014 yil 6 maydagi yangi tahrirdagi 370-sonli Qonuniga, hamda Jamiyat aksiyadorlarining 2014 yil 5 sentyabrdagi navbatdan tashqari umumiy yig’ilish qaroriga asosan Jamiyatning nomi “G’alla-Alteg” ochiq aksiyadorlik jamiyatidan “G’alla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati deb qayta nomlandi. 

Jamiyatning “Vyboy”  bo’limi

“Vyboy” bo’limida DVM-50P rusumli avtomat tarozilar o’rnatilgan bo’lib, un tarozidan o’tib qoplarga 50 kg dan solinadi. So’ngra, qoplar tikilib, tayyor mahsulot omboriga lentali transportyor yordamida uzatiladi.

 

Unni  qopsiz  saqlash  bo’limi

Unni qopsiz saqlash bo’limi 1967-yilda qurilgan bo’lib, 6 qavatli g’ishtdan qurilgan binodan iborat, hajmi 1100 tonnaga mo’ljallangan. U yerda oliy, I va II navli unlar saqlanib, qoplashga va qopsiz un tashuvchi mashinalar (mukavoz) ga beriladi. Sexdan un tegirmon galereyasidagi volokushalar ( 5 ta) orqali noriyalar yordamida 6-qavatga uzatiladi, u yerdagi shneklar yordamida navlariga qarab siloslarga joylashtiriladi. 3, 4 va 5- qavatlarda unni saqlash uchun siloslar o’rnatilgan.

2-qavatda D-3 dozatorlari o’rnatilgan bo’lib, zanjirli transportyorlar yordamida un noriyalar orqali qoplash va avtomukavozlarga beriladi. 1-qavat avtomukavozlar uchun mo’ljallangan bo’lib, tarozilar va pult boshqaruvi mavjud. Un mexanik transport (noriya) lar bilan tashiladi.

Bulardan tashqari un hajmi 420 tonna bo’lgan metall bunkerlarda ham saqlanib, mukavozlarga beriladi. Manniy yormasi DVM-50P rusumli uskuna yordamida 70 kg dan qilib qoplanadi, qolgan qismi DRK-I uskunalari yordamida 0,5-1 kg dan qadoqlanadi. Hosil bo’lgan kepaklar lentali transportyor yordamida temir yo’lga, siloslarga uzatiladi.

Omixta-yem  sexi

Korxonada 2002-yilda omixta-yem ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan, quvvati sutkasiga 30 tonnani tashkil etadi.

U korxonada hosil bo’lgan 1 – 2- kategoriyali chiqindilardan va qo’shimcha xom-ashyolardan foydalanib, hayvonlar uchun ozuqa tayyorlanadi.

 

Transport sexi

Korxonaning alohida avtoparki bo’lib, yuk tashish mashinalarini ta’mirlash ishlari, avtobuslar, avtomashinalar, teplovozlar yordamida donli, kepakli, chiqindili vagonlar joylashtiriladi.

Mexanik  sex

Bu sexda hamma texnologik uskunalar joriy va kapital ta’mirlash ishlari olib boriladi. Sexda tokarlik, shlifovka, frezer,  svarka-payvandlash uskunalari bilan ta’minlangan.

 

Qozonxona

Qozonxona g’ishtdan qurilgan bino bo’lib, 2 ta DKVR 4/13 qozonlari ishlab turadi  va ishlab chiqarish hamda turar joy binolarini isitish uchun suv va bug’ bilan ta’minlaydi. Qozonxona avtomatik nazorat sistemasi bilan jihozlangan.

 

Tayyor  mahsulot  ombori

Tayyor mahsulot ombori g’ishtdan ishlangan, hajmi 1200 tonnali bo’lib, 1937-yilda qurilgan. Qoplash bo’limidan kelayotgan mahsulotlar joylashtirilib, kerak paytda iste’molchiga yuboriladi.

 

Korxona  elevatorining  texnologik  tavsifi

Elevator  –  bu butunlay mexanizatsiyalashgan don ombori bo’lib, donni saqlash, dastlabki ishlov berish amalga oshiriladi. Bunda yuqori samaradorlik bilan donni saqlash jarayoni olib boriladi. Elevatorni asosiy qismlari siloslar hisoblanib, bu korpusning maqsadi donni yo’qotishlar va sifatini pasayib ketishini oldini oladi.

“G’alla-Alteg” OAJ da mavjud elevatorning hajmi 27.000 tonna bo’lib, 3 ta silosli korpuslardan: 10.000 tonna, 10.000 tonna va 7.000 tonna hajmga ega, shuningdek, ishchi binoda donni tashish, dastlabki ishlov berish va tegirmonga uzatish uchun uskunalar o’rnatilgan.

Vertikal holatda donlarni aralashtirish uchun I-100 rusumli noriyalar (5 ta), gorizontal aralashtirish uchun LT-500 va LT-650 rusumli lentali transportyorlardan foydalaniladi. Temir yo’l transporti orqali elevatorga kelayotgan don xoperlar orqali qabul qiluvchi chuqur (yama) ga kelib tushadi, so’ngra, transportyor orqali 1-noriyaga kelib tushadi. Don DN-100 rusumli tarozida tortilib (2 ta), bir qismi tozalashga, qolgani saqlash uchun siloslarga tarqaladi.

Tarozida tortilgandan keyin VSh-8 qayiltirilgan (поворотный) trubalar orqali silosdan oldingi (надсепараторный) bunkerlarga kelib tushadi, undan buratlar yordamida yirik aralashmalar ajratib olinadi, keyin separator A1-BIS-100 uskunasida yirik, mayda va yengil aralashmalardan tozalanadi.

Separatsiyalangandan so’ng ZSSh-20 rusumli elakli separator yordamida yirik va mayda fraksiyalarga ajratiladi (1-bosqich). Keyingi bosqichlarda A1-BIS-100 va A1-BLS-100 uskunalarida don tozalanadi.

Don tozalangach bunkerlarga beriladi, pomol partiyalar tuzilib, lentali transportyor yordamida don massasi don tozalash bo’limiga beriladi.

Havodagi changni tozalash va normal texnologik jarayon kechishini ta’minlash maqsadida don tozalash bo’limi va elevatorda aspiratsion kolonkalar o’rnatilgan. Don chiqindilari va mayda fraksiyalar iste’molchiga temir yo’l va avtotransport orqali uzatiladi.

 

Tegirmonning  don  tozalash  bo’limi  tavsifi

Qisman tozalangan don elevatordan 22-noriya (II-50) ga berilib, undan buratlarda yirik aralashmalardan tozalanadi, so’ng, U1-BMP (4 ta) magnit separatorida metallomagnit aralashmalardan tozalanadi va 27-noriyaga kelib tushadi. Undan A1-BLS-16 separatoriga (2 ta) kelib don yirik, mayda va yengil aralashmalardan tozalanadi. Separatordan R3-BKT tosh ajratgich (1 ta) uskunalarida mineral aralashmalardan tozalanadi. Undan A9-UTO-6 (4 ta) uskunasida yovvoyi o’simlik urug’laridan tozalanadi. Ovsyug ajratgichlardan o’tgan don 29-noriyaga kelib tushadi, undan     R3-BAB havo separatori (3 ta) ga beriladi, bu uskunada aerodinamik xususiyatlari bilan farq qiluvchi aralashmalardan tozalanib, tosh ajratgich uskunalariga kelib, undan 13-noriyaga beriladi. 13-noriyadan don massasi J9-BMA (4 ta) don yuvish uskunalarida yuvilib, iflos, chang va mikroorganizmlardan tozalanadi. Siqish kolonkalarida don kuldorligi pasayadi. Yuvishdan so’ng don massasi A1-BShU namlovchi shneklariga kelib, u yerda ikkinchi marta namlanadi. Shneklardan o’tib, I dimlash bunkeriga uzatiladi. Bu dimlash bunkeri ikkita hajmli bo’lib, har biri 80 tonnaga mo’ljallangan. I dimlash jarayonidan so’ng 85-shnek orqali 10-noriyaga beriladi, 2-liniyadan 83-shnek orqali 11-noriyaga beriladi.

10 – 11-noriyalar donni parli shneklarga uzatadi (2 ta), so’ng II dimlash bunkeriga beriladi. Dimlashdan so’ng 84-shnekga, undan 15-noriyaga, so’ng magnit separatorlarga beriladi. Magnit separatoridan o’tgan don massasi R3-BGO-8 (2 ta) oqlash uskunasiga don ustini chang, murtak, popugidan tozalanadi. Undan 14-noriyaga tushib, ZSSh-20 separatorida fraksiyaga ajratiladi.  

Mayda fraksiya nazorat buratiga kelib tushadi. Separatordan ST-125 rusumli duaspiratoriga kelib, yengil aralashmalaridan tozalanadi. Duaspiratorlar donni 30 va 32-noriyalarga uzatib beradi. 30-noriya 7A  shnekka donni berib, undan 26-shnekka, so’ng I maydalash sistemaning II sektsiyasi uchun mo’ljallangan bunkerga tushadi. 32-noriya donni 28-shnekka berib, undan 203-noriyaga, undan esa I maydalash sistemasining III sektsiyasi uchun mo’ljallangan bunkerga tushadi. Uskunalarda hosil bo’layotgan chiqindilar 25-noriyaga, undan D-100 rusumli tarozilarga, undan 42-shnek orqali 21-noriyaga va chiqindilar uchun mo’ljallangan bunkerga beriladi.

 

Ishlab  chiqarish  texnik  laboratoriyasi haqida qisqacha ma’lumot

Bu yerda kelayotgan va qayta ishlangan mahsulotlar sifati, norma va standartlarga javob berish bermasligi nazorat qilinadi. Mutaxassislar donni qabul qilish (un-yormalar) iste’molchiga yuborilayotgan mahsulotning sanitarik holati, ishlab chiqaruvchi sexlarni holati baholanadi, talablarga javob berishi muntazam nazorat qilib turiladi.

Korxona ishlab chiqarish texnik laboratoriyasi korxonaning asosiy tarmoqlaridan bo’lib, quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: 

  • kelayotgan xom-ashyo va mahsulotlarni norma va konditsiyalarga asosan sifatini baholash;
  • iste’molchiga uzatilayotgan mahsulot standartlariga javob berishi bermasligini tekshirish;
  • donga ishlov berish jarayonini nazorat qilish;
  • ishlab chiqarish binolarini sanitar holatini baholash;
  • mahsulotlarni chiqishini baholash;
  • sifatini baholash.

  Laboratoriya 3 ta bo’limdan tashkil topgan: don qabul qilish bo’yicha, un tortish va tayyor mahsulot sifatini nazorat qilish bo’limlaridan iborat. Laboratoriya o’lchov tarozilar, don bo’lgichlar, diafanaskop, quritish shkaflari, laboratoriya elaklari, o’choq (печь) lar bilan jihozlangan.

 

Korxonaning energiya ta’minoti ikkita kabel liniyalari – 6 kV li “Восточная” va “Машзал” podstansiyalari orqali amalga oshiriladi. Yuqori kuchlanishli tok (6 kV) past kuchlanishliga (0,4 kV) transformatorlar orqali amalga oshiriladi.

 

G’alla – Alteg” AJ filiali, don qabul qilish shahobchalari 

Jamiyat tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • Bitta filial, to’rtta don qabul qilish shahobchalari, yani ”O’zbekiston” DQQSH, “Yangiyol” DQQSH, “Parkent” DQQSH va “Do’stlik” urug’lik tozalash shahobchasi


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech