"GALLA-ALTEG" AJ KASABA UYUSHMASI TARIXI
"Galla-Alteg" AJ xodimlari kasaba uyushmasi o'z faolityatini jamiyat asos solgan kundan boshlab faoliyat ko'rsatmoqda. U umumiy ijtimoiy mehnat va kasbiy manfaatlar bilan bogliq bo'lgan, o'z faoliyatiga va o'z faoliyati bo'yicha ishlaydigan xodimlarni birlashtiradi. "G'alla-Alteg" AJ kasaba uyushmasi o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, mehnat va fuqarolik kodekslari, O'zbekiston Respublikasi "nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida"gi, O'zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to'g'risidagi, kasaba uyushmalari to'g'risidagi qonunlari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ-xuquqiy hujjatlari, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ustavi hamda "G'alla-Alteg" AJ kasaba uyushmasi ja'moa shartnomasi asosida amalga oshiradi. "G'alla-Alteg" AJ kasaba uyushmasining oliy organi har besh yilda bir marta chaqiriladigan konferensiya hisoblanadi.
Kasaba uyushmasining sa'y-harakatlari bilan korxona xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy ximoyasini kuchaytirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish, ijtimoiy himoya va huquqiy ta'lim, yoshlar bilan ishlash, xotin-qizlar, madaniyat va ma'naviyat, sport va salomatlikni mustahkamlash bo'yicha komissiya tuzilgan.
Kasaba uyushmasi qo'mitasining eng muhim vazifalaridan biri ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy va mehnat munosabatlarini tartibga solish bo'yicha ishlarda ishtirok etishdan iborat.