Yetkazib beruvchilarga
Don va bunga aloqador xom-ashyoni 100%lik miqdorini mahalliy taʼminotchilari tomonidan yetkazib beriladi.
Korxonaning asosiy tovar kreditori bu - yuqori tashkilot bo‘lmish “O‘zdonmahsulot” AKdir. Don tayyorlash yaqin hududda joylashgan o‘ziga tegishli bulgan tayyorlov punktlarida amalga oshiriladi. Korxona tayyorlagan mahsulot tarkibida faqat mahalliy hom-ashyo bo‘lganligi sababli - respublikaning strategik masalasi bo‘lmish g‘alla mutaqilligiga muhim hissa qushadi.
Ozuqa aralashmasini ishlab chiqarish uchun xom-ashyo va materiallar yetkazib berish, quyidagilarga asoslanadi:
- o‘z ishlab chiqarish resurslari - kepak, don chiqindilari;
- mahalliy resurslar - don mahsulotlari, shrot, fosfat, ohaktosh ozuqasi, o‘simlik uni, go‘sht va suyak uni.
Mahsulotlarni yetkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi va birinchi o‘rinda bu shartnomalar Toshkent viloyatining Yuqori-Chirchiq va Parkent tumanlari ferer xo‘jaliklari, hamda “O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi Jizzax viloyati korxonalari bilan tuziladi. Ayrim xom-ashyo komponentlarini tanqisligi sababli ozuqa aralashmasi ishlab chiqiladi, to‘liq ozuqa ratsionli omuxta-yem esa kamroq. Hamma xom ashyo sifatini nazorati, xom ashyo qabul qilishda ichki maxsus laboratoriyalarda olib boriladi.